Bu maqola bizni tug'ib, tunlari bedor alla aytgan Onalar haqida. Sizni jalb qilish uchun bo'rttirma qilib, qimmat so'zlarni ishlatib yozmadim. Ichimdagini, qalbimdagini yozdim. Garchi, oramizda o'qishni yomon ko'radiganlar xam bo'lsada, o'qib ko'ring albatta hikmat topasiz... Ona muqaddas zot. Aziz o'quvchi, Ona atalmish zotga ta'rif berish mushkul. Onasining qadriga yetmay, Onasi olamdan o'tib ketgan inson ona qadrini biladi. Musofirchilikda olisda yurgan inson Ona qadrini biladi va mehrini sog'inadi. Kimlargadir kunora qimmat narsalar olib beramiz, kimlarnidir ko'nglini ovlaymiz, yana kimlarnidir xursand etish uchun faloncha so'm sarflaymiz Onamiz uchun-chi? Xatto shunday insonlar ham borki onasining qachon tug'ilgan kuni ekanini ham bilishmaydi. Bizning tug'ilgan kunimizni esa ular doim intizorlik bilan kutishadi. O'ylab ko'ring aziz o'quvchi onangiz uchun tug'ilgan kunidan tashqari qachon sovg'a olgansiz? Ushbu monolog musofit yurtlarda yurgan farzand nomidan Baxtiyor Mo'minov o'qilgan...